Kuni kecha barcha joylardagi kabi Yozyovon tumaniga qarashli 2-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘.Mamajonov ishtirok etib, ishtirokchilarga aholi sonini ishonchli hisoblash, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.