20/09/2021

Joriy yilning 17-sentabr kuni Quva tumani Avtoo‘rgatuvchi tinglovchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

photo2021-09-2018-59-30
photo2021-09-2018-59-33
photo2021-09-2018-59-33
photo2021-09-2018-59-30

Seminarni Quva tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi V.Mirzayev ochib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3- bosqichda o‘tkazilishi haqida to‘xtalib, ushbu jarayonda olingan ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.

Axborot xizmati.