08/10/2021

Joriy yilning 8-oktabr kuni  11-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorinng mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida tumani statistika bo‘limi tomonidan aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni olishdan iboratligi haqida ma’lumot berildi.

 

So‘x  tumani statistika bo‘limi.