27/05/2022

Joriy yilning 27-may kuni Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axbarot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori va  Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlki ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan “Aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Farg‘ona shahar “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘iniga press-tur tashkil etildi.

Press-turda “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini faollariga mazkur qarorning mohiyati va mazmuni, belgilangan vazifalar haqida tushuncha berib o‘tildi. Mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘chalar nomlari mavjud belgilarning ilinganligi,  har bir xonadon sohiblari bilan uylarni raqamlashtirish bo‘yicha yuzma-yuz suhbatlashildi hamda  mahalla xaritasida ko‘rsatilgan turar va noturar obyektlarni haqiqatda mavjud yoki mavjud emasligini soshlishtirish ishlari amalga oshirildi.

photo2022-05-2809-01-34
photo2022-05-2809-01-31
photo2022-05-2809-01-29
photo2022-05-2809-01-26
photo2022-05-2809-01-22
photo2022-05-2809-01-20
photo2022-05-2809-01-34 photo2022-05-2809-01-31 photo2022-05-2809-01-29 photo2022-05-2809-01-26 photo2022-05-2809-01-22 photo2022-05-2809-01-20

Shundan so‘ng mahalla hududida joylashgan 29-umumta’lim maktabining pedagog xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlki ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi. Unda mahalla faollariga aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish haqida tushunchalar berib o‘tildi. Tadbir so‘ngida press-tur jarayonida olib borilgan ishlar yuzasidan  matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar tomonidan qiziqtirgan savollarga viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan keng va atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati.