Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra,2022-yil yanvar-avgust holatiga, Farg‘ona viloyatining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 7 317,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yining mos davriga nisbatan 10,3 %ga o‘sdi. Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 7 000,9 mlrd.so‘mni tashkil qilgan, bu esa 2021- yilning mos davriga nisbatan 13,3 %ga oshgan. Viloyatda ushbu sektorning ulgurji savdodagi ulushi 95,7 %ni tashkil qilgan.