26/09/2022

Joriy yilning 24-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Aminjonov hamda Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinovlar tomonidan Qo‘qon shahar “G‘oziyog‘liq” mahallasida joylashgan xonadonlarga kirib, 2-dx shakli “Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyati tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda ekin yerlarga ekilgan kuzgi ekinlar, joriy yilning bahorida ekilgan barcha ekinlar hamda o‘tgan yillarda ekilgan ko‘p yillik o‘tlar,  asosiy ekinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qishloq xo‘jaligi ekinlarining yalpi hosilini va hosildorligini aniqlash haqidagi ma’lumotlar kuzatuvga olindi.

 

photo2022-09-2612-38-32
photo2022-09-2612-55-47

Axborot xizmati.