26/09/2022

Joriy yilning 24-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi hamda Bag‘dod tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan Bag‘dod tumanidagi “Qirqvolida” mahallasida joylashgan xonadonlarga kirib, 2-dx shakli “Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyati tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.  Unda so‘yish uchun yetishtirilgan mollar va parrandalar soni, ham so‘yish uchun yetishtirilgan, ham o‘z xo‘jaligida so‘yilgan hayvonlarning tirik vazni, kelgusida takror ishlab chiqarish uchun sotilgan yosh mollar, xayvonlarni yetishtirish faoliyati natijalarini baholash  haqidagi ma’lumotlar kuzatuvga olindi.

 

 

                                                                             Axborot xizmati.