17/10/2022

Joriy yilning 17-oktabr kuni  Farg‘ona shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi R.Sharopov tomonidan  Farg‘ona shahar  chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan  chorva mollari va parrandalari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari  kutuvga mo‘ljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarga muvofiq ravishda saqlanishi kerakligi uqtirib o‘tildi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan  tushuntirishlar berildi.

 

 

photo2022-10-1716-35-42
photo2022-10-1716-35-27
photo2022-10-1716-35-36
photo2022-10-1716-35-32

                                                                     Axborot xizmati.