Joriy yilning 21-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘I O‘.Sobirov hamda Bag‘dod tumani statistikasi bo‘limi boshlig‘I A.Mahmudjonovlar tomonidan Bag‘dod tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.