Joriy yilning 21-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I Sh. Mamadaliyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov hamda Quvasoy shahar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi E.Rahmonovlar tomonidan Quvasoy shahrida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.