22/08/2024

Joriy yilning 21-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘I O‘. Sobirov hamda Rishton tumani statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Karimovlar tomonidan Rishton tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.