21/08/2024

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1 202,3 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,8% ini) tashkil etadi. 2024-yilning yanvar-iyun oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 415,4 mlrd. so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.

Shundan:
Elektroenergiya - 156,1mln.kVt.s
Issiqlik energiyasi - 670,0 ming gkalga to‘g‘ri keldi.