22/08/2024

Joriy yilning 19–21-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Turkiya Statistika instituti hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamkorligida o‘quv kursi boʻlib oʻtdi. O‘quv kursida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘I I.Haydarov hamda “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bosh mutaxassisi N.Mahmudovalar qatnashdilar. O‘quv jarayonida tashqi savdo statistikasi, xizmatlar tashqi savdosi statistikasi hamda turizm statistikasi yo‘nalishlarida turk tajribasi o‘rganildi. Tadbir yakunida trening ishtirokchilari xalqaro savdo va turizm yo‘nalishida malaka oshirganlik sertifikati bilan taqdirlandilar.