25/03/2023

2023- yilning yanvar-fevral oyilariga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 66,8 %i to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar-fevral oylariga ko‘rsatkichiga nisbatan 0,3 foizga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning mos davriga nisbatan 102,1 %ni tashkil etgan holda 537,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Shundan yuqori ulushga ega hududlar:
Farg‘ona shahri - 181,4 mlrd. so‘m
Bag‘dod tumani – 104,4 mlrd. so‘m
Qo‘shtepa tumani – 47,6 mlrd. so‘m
Qo‘qon shahri - 44,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi.