Joriy yilning 25-aprel kuni Quvasoy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Niyozov tomonidan Quvasoy shahar dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo rastalari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan mahsulotlar tushumi o‘rganildi va planshet qurilmasiga joyida kiritildi. Bundan tashqari jismoniy shaxslarga so‘rovnoma yuzasidan tushuntirishlar berildi.