2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlarining ishlab chiqarish sanoatidagi ulushi 4,8 %ni, fizik hajm indeksi 52,8 %ni hamda ishlab chiqarish hajmi 302,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2022-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 10,0 %ni fizik hajm indeksi esa 83,1 %ni tashkil etgan.