Joriy yilning 3-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi tomonidan tuman va shahar statistika bo‘limining mazkur yonalishga jalb qilingan interyuyerlari ishtirokida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i L.Yefimova, mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi X.Mutalipovlar qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 20-dekabrdagi “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘g‘risida”gi so‘rovnomani har chorakda o‘tkazilishi haqidagi 40-son qaroriga muvofiq, 2023-yilning yanvar-mart oylarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1 metr kvadratiga to'g'ri keladigan o'rtacha qurilish qiymati hisobot davrida tanlama kuzatuv natijalari asosida aniqlanishi haqida bo‘lim tomonidan tayyorlangan slayd yordamida tinglovchilarga tushuntirish berdilar. Bundan tashqari, shakllangan ma’lumotlarni to‘g‘ri, sifatli va shaffof holda planshet qurilmasiga kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminarda Davlat kadastrlari palatasining tuman va shahar bo‘limi xodimlari ham videoaliqa orqali qatnashib, o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar.