11/07/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylarida jami 4 517 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

• savdo sohasida – 1 774 ta
• sanoat sohasida – 999 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 411 ta
• qurilish sohasida – 262 ta
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 191 ta
• tashish va saqlash sohasida – 197 ta
• axborot va aloqa sohasida – 181 ta
• sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 63 ta
• boshqa sohalarda – 439 ta