12/07/2023

Joriy yilning 12-iyul kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning I-toifali mutaxassisi G‘. Mamajonovlar ishtirokida Oltiariq tumanida joylashgan “Yangi ariq” MFYda bo‘lib, mahalla faollari bilan birgalikda mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgarishlarni joyiga chiqib, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, mahallada joylashgan noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla aholisi o‘rtasida aholini ro‘xatga olish jarayonlarining afzaliklari haqida tushuntirish ishlari  olib borildi.