24/08/2023

2023- yil yanvar-iyul oylarida 253,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022- yilning mos davriga nisbatan 57,2 % ga ko‘paydi.

2023- yil yanvar-iyul oyida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 143,9 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 27,7 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 34,9 % ni tashkil etdi.