20/10/2023

Joriy yilning 19-oktabr kuni Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari  ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori va Farg‘ona viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan “ Аholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari yuzasidan Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi. 

Tadbir ishtirokchilari boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari hamda Farg‘ona shahar “Sharshara” MFY faollari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan va kelgusida oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar bilan yaqindan tanishdilar. Press-turda “Sharshara” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari tomonidan bugungi kungacha kadastr xujjatiga ega bo‘lgan xonadonlarga uy raqami berilganligi, ko‘cha nomi belgilari ilinganligi bilan yaqindan tanishib, raqami berilgan, lekin darvozasiga raqamni ilmagan xonadon egalari bilan esa tushuntirish ishlari olib borilganiga guvohi bo‘ldilar. 

Bundan tashqari mahalla faollariga аholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi - O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish ekanligi haqida tushunchalar berib o‘tildi.