15/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 584,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har-xil yoshdagi qoramollar savdosi 462,1 mlrd.so‘m, qo‘y va echkilar – 110,9 mlrd. so‘mni, otlar – 6,9 mlrd. so‘mni, parrandalar – 4,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.