23/11/2023

Joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Murodov tomonidan chorva bozorlarida 12-bozor (oylik) chorva va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada O‘zbekiston tumani chorva bozorining bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan chorva mollari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari chorva va parrandalarning majburiy talablarga javob beradigan sharoitlarga muvofiq saqlanishi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tavsiyalar berildi.