23/11/2023

Joriy yilning 23-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi intervyuyeri O.Holbekovlar tomonidan uy xoʻjaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Belgilangan jadval asosida Buvayda tumani “Tog‘lik” MFY, Qamar buvi ko‘chasi, 36-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro O.Xudoynazarovlar xonadoniga borib, kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.