07/12/2023

Joriy yilning 7-dekabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan Farg‘ona shahridagi, "Yulduz” MFYda istiqomat qiluvchi S.Mamajonovlar xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida xonadon egalariga tushuncha berildi. Fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.