11/12/2023

Joriy yilning 11-dekabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi, “Qizilariq” MFY, Shahriston ko‘cha 3-uyda istiqomat qiluvchi O.Matosimovlar xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida xonadon egalariga tushuncha berildi. Fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.