12/12/2023

Joriy yilning 11-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev hamda “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi intervyuyeri B.Hamdamovlar tomonidan uy xoʻjaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Belgilangan jadval asosida Qo‘shtepa tumani “Qizilariq” MFY, Nurli zamin ko‘chasi, 105-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro U.Ermatovlar xonadoniga borib, kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.