Farg‘ona viloyatida 2023-yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 37 278 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 37 050 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Farg‘ona shahrida – 5 971 ta
Qo‘qon shahrida – 4 048 ta
Marg‘ilon shahrida – 3 255 ta
Oltiariq tumanida – 2 031 ta
Uchko‘prik tumanida – 1 899 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 14 820 ta
sanoat sohasida – 7 985 ta
qurilish sohasida – 2 969 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 262 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 803 ta