14/12/2023

Kuni kecha Farg‘ona shahriga qarashli 26- umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va xodimlari istirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi I-toifali mutaxassisi G‘.Mamajonov tomonidan aholini ro‘yxatga olish aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun asosiy manbaa ekanligi haqida so‘z yuritildi.