14/12/2023

Joriy yilning 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining Sanoat statistikasi boshqarmasi tomonidan viloyat statistika boshqarmalarining sanoat statistikasi bo‘limi mutaxassisilari ishtirokida ZOOM platformasi orqali o‘quv seminari tashkil etildi. Yig‘ilishda Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Jo‘rayev qatnashib, choraklik 4-sanoat (jsh) “ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi”ni 4-chorak bo‘yicha belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq, bevosita joyiga chiqgan holda o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Seminar davomida 2023-yil 3-chorakda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtalib, kelgusida yuqoridagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.