Joriy yilning 15-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Sh. Mamadaliyev hamda Narx statistika boʻlimi boshlig‘i A. Pazilov, Quva tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi X. Akramov bilan birgalikda “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib, narx-navolar oʻrganildi va joyida ma'lumotlar planshet qurilmasiga kiritildi.