18/12/2023

Joriy yilning 14-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi intervyuyeri N.Umarova tomonidan uy xoʻjaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Belgilangan jadval asosida Farg‘ona shahar “Sharshara” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Abdurazakovlar xonadoniga borib, kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida  planshet qurilmasiga kiritildi.