Joriy yilning 18-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Mazkur tadbirda Farg‘ona politexnika instituti talabalari ishtirok etib, ular boshqarmada faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq bo‘limlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Chunonchi, statistika tizimini tubdan takomillashtirish, chet el statistikasida keng qo‘llanilayotgan, xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan statistika tahlili, ko‘rsatkichlari, baholash mezonlari va hisobot shakllarining sinovdan o‘tgan zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etilayotganligi to‘g‘risida tushuncha berildi. Talabalar tomonidan berilgan savollar mutaxassislar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir so‘ngida boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi tomonidan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari hamda Farg‘ona polinexnika instituti talabalari ishtirokida seminari tashkil etildi.
Tadbirda “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi G‘.Mamajonov so‘z olib, ishtirokchilarga taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib e’tirof etilayotganligi, islohotlarning qay darajada natijadorligi esa statistik raqamlar orqali baholanishi, statistika sohasining bugungi kun talablariga mos kelishi haqida ma’ruza qildi. Shu bilan birga "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa bo‘lib xizmat qilishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati.