19/12/2023

Joriy yilning 18-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, shahar hokimligining mas’ul mutaxassislari hamda Marg‘ilon shahridagi “Qirguli” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga Toshloq tumanidan mazkur mahallaga yangi qo‘shilgan ko‘chalariga ko‘cha nomi belgilari hamda raqamlanmagan xonadonlarni raqamlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning afzaliklari, mazkur jarayonning maqsadi va vazifalari haqida targ‘ibot va tashviqot ishlari ham olib borildi.
Axborot xizmati.