21/12/2023

Joriy yilning 21-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Egamberdiyeva tomonidan Oltiariq tumani, “Tolko‘cha” MFY, Quruvchilar ko‘chasi 28-uyda istiqomat qiluvchi M.Tillayevalar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida uy xo‘jaligi so‘ngi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar, uzoq muddat foydalaniladigan televizor, muzlatgich va sovutkich, kir yuvish mashinasi, yengil avtomobil bilan ta’minlanganligi va boshqa shu haqidagi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.