21/12/2023

  

Mazkur jarayon uch bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich – tayyorgarlik pallasi bo‘lib, 2-3 yilga yaqin vaqt davom etadi. Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala aholini ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib boriladi, reklama roliklari, logotip va shiorlar ishlab chiqiladi hamda boshqa shu kabi tadbirlar amalga oshiriladi. 

 

Yana bir muhim vazifalardan biri, shahar va qishloq aholi puntlarining sxematik rejalarini va ma’muriy tumanlar xaritalarini tayyorlash hamda uylarning ro‘yxatini tuzish hisoblanadi. Bunda mahalla, qishloq va ovullarning chegaralari, ko‘chalarda nom belgilarining o‘rnatilganligi, turar va noturar joylarning aniq soni hamda uylarning raqamlanganligi aniqlashtirib olinadi. Boshqacha aytganda, ro‘yxatga olish barobarida respublikaning yangi mukammal xaritasi yaratiladi. Foydalanilmy yotgan yoki muddatini o‘tib bo‘lgan binolarni belgilab olish va tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obektlari qurish va ta’mirlash masalalariga aniqlik kiritish mumkin bo‘ladi.

     Tayyorgarlik bosqichida aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq hujjatlar, jumladan, ro‘yxatga olish varaqalari, ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish, uning natijalarini olish va e’lon qilish metodologiyasi ishlab chiqiladi.

      Bu ishga kimlar va qay tartibda jalb etiladi?

     Ro‘yxatga oluvchilarni tanlash muhim masalalardan biridir. Chunki ma’lumotlarning to‘g‘riligiga bevosita aynan ular mas’ul bo‘ladi va shakllantirilgan ma’lumotlar real bo‘lishi shart. Bu jarayonga turli yoshdagi va kasbdagi shaxslar jalb etilishi mumkin. Birinchi navbatda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Statistika agentligi va uning hududiy organlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va yuqori bosqich talabalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa toifadagi shaxslar ham, ular mazkur jarayonda ishtirok etishga rozi bo‘lgan taqdirda, jalb qilinishi mumkin.

  Alisher Abdurazakov,

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish

 jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i.