22/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida mehnat qilayotgan yosh va salohiyatli mutaxassislarni viloyatimizdagi sanoat korxonalariga ekskursiyasi tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, joriy yilning 22-dekabr kuni Marg‘ilon shahrida faoliyat olib borayotgan "GOLD QUALITY INVEST" xususiy korxonasida "Shirintoy" savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ekskursiya davomida xodimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.