27/12/2023

Joriy yilning 27-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida davlat fuqarolik xizmatining vacancy.argos.uz portal orqali hujjat topshirgan nomzodlarning boshqarmada mavjud vakant lavozimlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining boshqarma boshliqlari ishtirokida ochiq savol-javob va suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Tanlov komissiyasi o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshirdi.