28/12/2023

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli va yuqori saviyada o‘tkazilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statitika Agentligining o‘rni kattadir. 

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq statitika Agentligi aholini ro‘yxatga olish sohasida ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqishi va tasdiqlashi, aholini ro‘yxatga olish dasturini va ro‘yxatga olish varag‘ining shakllarini ishlab chiqishi, ro‘yxatga olish varaqlari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini ta’minlashi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirishi, ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibini belgilashi va ularga ishlov berishni amalga oshirishi, ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yo‘q qilinishi tartibini belgilashi, ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa aholini ro‘yxatga olish hujjatlarini saqlash va yo‘q qilishni ta’minlashi kabi vakolatlari mavjud.

Axborot xizmati.