Joriy yilning 28- dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ–886-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-887-sonli Qonunlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha ma’ruza qildi.
Xususan, ma’ruzachi o‘z so‘zida, “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni bilan 2024-yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinganligi, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlariga ajratiladigan grant mablag‘larining belgilangan miqdorlari Qonunga o‘zgartish kiritilmasdan ko‘paytirilishi, O‘zbekiston budjet tizimi budjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan 3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshirilshi, O‘zbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln so‘m miqdorida belgilanligi, 2024-yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilanishihaqida so‘z yurtildi. Shu bilan birga Qonunga ko‘ra, soliqlarning jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan, shuningdek YaTTlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tilganligi, qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kirishi haqida ham to‘xtalib otildi.
Bundan tashqari kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala yuzasidan Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etilganligi, yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlanganligi, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilganligi, sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkinlgi belgilanganligi, arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkinligi, ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanaishi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kirishi, birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkinligi va boshqa shu kabi o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida axborot berib o‘tildi.
Axborot xizmati.