29/12/2023

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yilning 28- dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov hamda bosh mutaxassisi B.Ahadjonovlar tomonidan Farg‘ona shahriga qarashli “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan birgalikda mahalladagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Axborot xizmati.