Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 731 taga yetdi va ular tomonidan 630,9 mln. AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Bu esa 2022- yilning mos davriga nisbatan 18,0 % ga kamayganligini ko‘rish mumkun.
29/12/2023