29/12/2023

2023- yil yanvar-noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 203,9 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga kamaydi va jami eksportdagi ulushi 32,3 % ni tashkil etdi.

Shundan eng ko‘p ulushga ega davlatlar:
Rossiya Federatsiyasi - 153,2 mln. AQSh dollari
Qozog‘iston - 18,7 mln. AQSh dollari
Qirg‘iz Respublikasi - 14,7 mln. AQSh dollari
Belarus - 2,4 mln. AQSh dollari
Bosqa davlatlar - 15,0 mln. AQSh dollari miqdorida qayd etildi.