29/12/2023

Yangi yil arafasida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ma’naviy-ruhiy ko‘mak berish, ularni yolg‘iz qoldirmaslik va ko‘p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko‘zda tutilgan.