04/01/2024

Joriy yilning 4-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan 2024- yil uchun uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuviga tushgan Rishton tumaniga qarashli "Hurramobod" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda notiq ishtirokchilarga mamlakatimizda itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mazkur tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi haqida tushuncha berildi.