06/01/2024

Joriy yilning 5-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov tomonidan 2024- yil uchun uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuviga tushgan Buvayda tumaniga qarashli " O‘rta Qo‘ng‘irot " mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda notiq ishtirokchilarga mamlakatimizda itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mazkur tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi tushuntirib berildi.