Joriy yilning 6- yanvar kuni Buvayda tumanining “Dodxo” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminar uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyatiga bag‘ishlandi.
Tadbirda “Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov ishtirok etib, uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirish barobarida, mazkur kuzatuvlarning aholi turmush darajasini o‘rganishda muhim ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qilishi haqida tushuncha berib o‘tildi.
08/01/2024