08/01/2024

2023-yil 1-dekabr holatiga Qo‘shtepa tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2040 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,7 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 1541 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar -302 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 122 ta
Sanoat – 276 ta
Qurilish - 88 ta
Savdo – 571 ta
Tashish va saqlash – 39 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 74 ta
Axborot va aloqa – 30 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 45 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 296 taga to‘g‘ri keldi.

Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 941 ta
Xususiy korxonalar - 196 ta
Oilaviy korxonalar – 152 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 5 taga to‘g‘ri keldi.