09/01/2024

Joylarda uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari va ularning ahamiyatiga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda. Xususan, ana shunday seminar O‘zbekiston tumaniga qarashli "A.Jomiy" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi boshlig‘i M.Rahimova tomonidan mamlakatimizda itimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mazkur tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi haqida tushuncha berildi.