2023-yil 1-dekabr holatiga Beshariq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2213 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,9 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 15621 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar - 271 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 84 ta
Sanoat – 231 ta
Qurilish – 831 ta
Savdo – 539 ta
Tashish va saqlash – 56 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 71 ta
Axborot va aloqa – 28 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 55 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 415 taga to‘g‘ri keldi.
Tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 693 ta
Xususiy korxonalar - 334 ta
Oilaviy korxonalar – 221 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 21 taga to‘g‘ri keldi.